So'rash
· ·
Namangan shahar hokimligi Digital Imkon Alpha UNDP O'zbekiston

Sun'iy Intellekt ko'nikmalarini rivojlantirish kursi

3 kun oflayn darslar
29–31 oktabr
30
ishtirokchi
Namangan shahri
Turan universiteti
4 onlayn sessiya
oktabr va noyabr oylarida

Ro'yxatdan o'tish tugatildi. Rahmat!

Kurs haqida

Ushbu kurs ishtirokchilarga sun’iy intellektdan ta’lim, ish va biznesda samarali hamda ishonch bilan foydalanishni o‘rgatadi. Bir oy davomida qatnashchilar amaliy ko‘nikmalarni egallab, loyiha yakunida o‘zlari doimiy qo‘llay oladigan shaxsiy SI-toplamiga (keysga) ega bo‘ladilar. Asosiy maqsad — kichik va o‘rta biznes vakillariga ko‘maklashish, sotuvlarni oshirish hamda kunlik yumushlarni avtomatlashtirishdan iborat.

Ta’lim jarayoni sun’iy intellektga aniq vazifa berish (prompting) ko‘nikmasidan boshlanadi. Ishtirokchilar matn, tasvir va marketing kontentlarini yaratish, mijozlar bilan muloqot qilish hamda dasturlashsiz oddiy avtomatlashtirish orqali vaqtni tejashni o‘rganadilar. 3 kunlik intensiv oflayn mashg‘ulotlar asosiy poydevorni yaratsa, amaliy topshiriqli onlayn sessiyalar olingan bilimlarni o‘z faoliyatida qo‘llashga yordam beradi.

3 kunlik offlayn darslar

Sun'iy intellekt bilan ishlash asoslari va samarali prompt
10:00–11:30
Xush kelibsiz va sun'iy intellekt vositalari qanday ishlaydi
Tanishuv va dastur bilan tanishtirish; kirish diagnostikasi natijalari; hozirgi SI vositalarining imkoniyat va cheklovlari.
11:30–11:45
Kofe-breyk
11:45–12:30
Aniq natija uchun vazifani to'g'ri shakllantirish
Vazifani to'g'ri qo'yish; kontekst va misollar bilan ishlash.
12:30–13:30
Tushlik tanaffusi
13:30–15:00
Fayllar bilan ishlash va natijani yaxshilash
Hujjat va fayllar bilan ishlash; SI javoblarini aniqlashtirish va takomillashtirish; ishtirokchilarning o'z vazifalari bo'yicha amaliyot.
15:00–16:00
Ishonchlilik, xavfsizlik va yakun
Natijalarni tekshirish va SIdan tanqidiy foydalanish; shaxsiy va ishga oid ma'lumotlar bilan xavfsiz ishlash; birinchi amaliy topshiriq.
Kontent, reklama va mijozlar bilan ishlash uchun SI
10:00–11:30
SI yordamida matn yaratish va mahsulot tavsifi
Matn yaratish va tahrirlash; mahsulot yoki xizmatni tavsiflash; reklama materiallarini tayyorlash.
11:30–11:45
Kofe-breyk
11:45–12:30
Tasvirlar va vizual materiallar
Mahsulot, postlar va reklama uchun tasvir va vizuallar yaratish.
12:30–13:30
Tushlik tanaffusi
13:30–15:00
Ijtimoiy tarmoqlar va reklama uchun kontent
Instagram, Telegram va marketplace'lar uchun kontent tayyorlash; turli ishtirokchi guruhlari keyslari bo'yicha amaliyot.
15:00–16:00
Mijozlar bilan muloqot va bozor tadqiqoti
Mijozlarga javoblar, takliflar va xabarlar; SI yordamida g'oya generatsiyasi va bozor tadqiqoti; ikkinchi amaliy topshiriq.
Unumdorlik va ish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun SI
10:00–11:30
SIga topshirish mumkin bo'lgan vazifalarni aniqlash
Takrorlanuvchi vazifalarni aniqlash; hujjatlar, jadvallar va katta hajmdagi ma'lumotlar bilan ishlash.
11:30–11:45
Kofe-breyk
11:45–12:30
SI yordamchilar va takrorlanuvchi ish jarayonlari
Doimiy vazifalar uchun ko'rsatma va kontekst yaratish.
12:30–13:30
Tushlik tanaffusi
13:30–15:00
Dasturlashsiz oddiy avtomatlashtirish
Chat yoki ijtimoiy tarmoqdagi mijoz xabarini qayta ishlash kabi avtomatlashtirish stsenariylari; SIni mavjud ish vositalariga ulash yo'llari. Murakkab vositalar faqat guruh darajasi imkon bergan hollardagina ko'rsatiladi.
15:00–16:00
Shaxsiy SI keysi va keyingi qadamlar
Har bir ishtirokchi keyingi amaliyot uchun o'z keysini belgilaydi; yakun va onlayn sessiyalar rejasi.

Onlayn sessiyalar

1
Onlayn kirish sessiyasi

Oflayn intensivdan oldin. Dastur maqsadlari va kutilmalar, tanishuv, kirish diagnostikasi bo'yicha davomiy suhbat, akkaunt va vositalarni sozlash.

2
SIni o'z vazifangizda qo'llash

Oflayn intensivdan keyin. Mustaqil amaliyot sharhi, tipik xatolar, prompt va kontekstni yaxshilash, keyingi topshiriqni belgilash.

3
O'z SI keysingizni rivojlantirish

Ishtirokchilar keyslarini takomillashtirish, bir vazifada bir nechta SI imkoniyatini birlashtirish, ish jarayonini optimallashtirish, trener fikr-mulohazasi.

4
Yakuniy sessiya

Yakuniy amaliy ishlarni taqdim etish, yakuniy baholash, keyingi qadamlar va AI Labda keyingi rivojlanish salohiyatiga ega ishtirokchilarni aniqlash.