Dastur haqida
Ushbu gibrid dastur hududiy yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan bo'lib, u oflayn butkemplar, onlayn mentorlik sessiyalari va yakuniy demo tadbirlarini o'z ichiga oladi. Dastur raqamli tadbirkorlik sohasida boshlang'ich bosqichdagi g'oyalari va ishchi prototipiga ega bo'lgan intiluvchan yoshlar jamoalarini izlaydi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
Surxondaryo, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida joylashgan jamoalar. Dastur doirasida dastlabki 40 ta startap jamoasi saralab olinadi.
Dastur jamoasi
Dastur jamoasi — g‘oyalar va bozorga tayyor raqamli mahsulotlar o‘rtasidagi farqni bartaraf etishga intiluvchi mentorlar hamda ekotizim yaratuvchilarining birdam jamoasidir.
Muhim sanalar
- Ariza topshirish muddati: 10 Aprel, 2026
- Oflayn (yuzma-yuz) butkemplar: 16-17-aprel Termizda va 23-24-aprel Farg‘onada. Ushbu 2 kunlik intensiv mashg'ulotlar mijozlarni topish (cusdev), MVPni ishalb chiqish va Lean startup metodologiyasini o'rganishga qaratilgan.
- Onlayn (masofaviy) mentorlik: Aprel oyining oxiridan may oyining boshigacha: Sotuv/Marketing, Moliyaviy modellashtirish, Startaplar uchun AI (Sun'iy intellekt) hamda Investitsiya jalb qilish (Fundraising) va venchur kapitalistlar (VC) bilan ishlash bo'yicha maxsus modullar.
- Demo kunlari: 13-14-may Termizda va 25-26-may Farg‘onada. Jamoalar o‘zlarining shakllantirilgan g‘oyalarini mahalliy ekotizim hamkorlari va venchur kapital vakillariga taqdim etadilar (pitch qiladilar).